Dam olish kunlari uchun: Bir nafasda ko‘riluvchi “boyevik” filmlar beshtaligi

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Dam olish kunlarida turli sarguzashtlarga boy filmlar kuningizga adrenalin qo‘shadi, zeriktirishni yo‘qotadi. Agar siz dinamika va sarguzashtlarga boy filmlarni tomosha qilishni istasangiz, quyidagi filmlarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz...

San-Andresning buzilishi (Разлом Сан-Андрес) 2015-yil, AQSh

Filmda sobiq uchuvchi Reymond Geyns turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishdan keyingi muammolarni boshdan kechirmoqda. Reyning qizi shaxsiy samolyotda San-Fransiskoga sayohatga otlanadi. Biroq bu vaqt San-Andres orolida tektonik harakatlar boshlanib ketadi va Kaliforniyaga kuchli yer qimirlashi yopiriladi. Rey xavfli sayohatga otlanib, sobiq turmush o‘rtog‘i va qizini xavfdan qutqarib qoladi. Film syujeti sizni ekran qarshisidan hech ham uzoqlashtirmaydi.

007: Skayfoll koordinatasi (007: Координати Скайфолл) 2012-yil, AQSh, Buyuk Britaniya

3-aprel kuni “O‘lish vaqti emas!” filmining premyerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Filmda angliyalik aktyor Deniyel Kreyg so‘nggi marta Bond rolini ijro etishi kutilayotgandi. Biroq pandemiya sabab film premyerasi noyabrga qoldirildi. Hozircha sizga ushbu iqtidorli aktyor ishtirokida boshqa bir filmni tavsiya etmoqchimiz. Syujet bo‘yicha Jeyms Bond Istanbuldagi missiyasida hamkasbi tomonidan jarohat oladi. MI-6 shtab kvartirasida katta portlash ro‘y beradi va bunda bor mas’uliyat yana Jeyms Bondga tushadi. Voqealar rivojini film orqali tomosha qilib olishingiz mumkin.

“Overdrayv” 2017-yil, Fransiya

Aka-uka Endryu va Garret Fosterlar qimmatbaho avtomashinalar o‘g‘risi bo‘ladi. Ammo ularning “karyerasi” uzoqqa cho‘zilmaydi. Bugatti 1937’ni o‘marish vaqtida ularni mahalliy kriminal jinoyatchilar boshlig‘i Jakomo Morye ushlab oladi. Qo‘yib yuborish evaziga Jakoma aka-ukalarga dushmani Maks Klempni o‘marishni taklif qiladi. Uning qimmatbaho, qip-qizil Ferrari’si bo‘ladi. Xo‘sh, aka-ukalar bu topshiriqning uddasidan chiqa oladimi? Buni film orqali bilib olasiz.

“Yo‘qotilgan Z shahri” (Затерянний город Z) 2017-yil, AQSH

Film syujeti Amazoniya chakalakzorlariga yetti marta sayohat qilgan britaniyalik tadqiqotchi, podpolkovnik Persi Fossetning real hikoyasiga asoslanadi. 1925-yili u o‘z guruhi bilan ekspeditsiyaga otlanadi va shu bilan qaytib kelmaydi. Ketar chog‘ida u turmush o‘rtog‘iga xabar yuboradi va undan mabodo ortga qaytmasa, qutqaruv guruhini yubormasligini so‘raydi. Persining aytishicha, qutqaruv guruhini ham shunday yakun kutishi mumkin ekan. Persi Fossetning sarguzashtlari nima bilan yakunlandi? U allaqachon yo‘qolib ketgan Z shahrini topishga muvaffaq bo‘ladimi yoki yo‘qmi?

“Misr xudolari” (Боги Египта) 2016-yil, AQSh, Avstraliya

Xudolar boshqargan qadimgi Misrda zulmat xudosi Set toj uchun talashib ukasi Osirisni o‘ldirib qo‘yadi. Kuchli hokimiyat qo‘porila boshlaydi. Kunlardan bir kun shahar aholisidan biri shaharni yovuz xudodan qutqarmoqchi bo‘ladi va qullikka topshirilgan sevikli yorini xalos etishga intiladi. Yosh va jasur qahramon bunga erisha oladimi? Film barcha savollaringizga javob beradi.

248

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ