Turk oshxonasining mashhur taomi “Iskandar kabob”ni uy sharoitida tayyorlaymiz

Добавлено: 02 Июня 2020 Источник: daryo.uz
“Iskandar kabob” turk oshxonasining eng mazali taomlaridan biri hisoblanadi. Ushbu taom istalgan gurman qalbidan joy olishi va sevimli taomlar ro‘yxatiga qo‘shilishi aniq.
 

Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Mol go‘shti
  • Non
  • Piyoz
  • Tomat pastasi
  • Yogurt yoki qatiq
  • Sariyog‘
  • O‘simlik yog‘i
  • Tuz, murch

Tayyorlanish jarayoni:

  • Go‘shtni yupqa “plastinka”, piyozni yarim dumaloq shaklda to‘g‘rang.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada go‘shtni qovuring, tuz va murch seping. (Go‘sht yumshoq bo‘lib pishishi kerak)
  • Piyoz qo‘shib aralashtiring va 2-3 daqiqa olov ustida tuting.
  • Taomni dasturxonga tortishdan avval go‘sht sovib qolmasligiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
  • Nonni o‘rtacha qalinlikda, “kubik” shaklida to‘g‘rang va quruq tovada qizdirib oling.
  • Boshqa bir tovaga sariyog‘ solib, tomat pastasini qo‘shib aralashtiring, suv solib qaynating, ta’bga ko‘ra tuz va shakar qo‘shing.
  • Likopchaga non bo‘laklari, uning ustidan piyozli go‘shtni soling, qayla quying. Qayla mahsulotlarni qoplashi va kam bo‘lib qolmasligi kerak.
  • Likopchaning chetiga yogurt yoki qatiq soling.

Taom tayyor, yoqimli ishtaha!

322

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ